Xabi Alonso: "Karvaxal Ispaniya terma jamoasiga qaytishni xohlaydi"

Sherzod Nurmatov
26 avg 2025, 20:30
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso jurnalistlarga tajribali himoyachi Dani Karvaxalning terma jamoaga qaytish istagi haqida gapirdi.

Alonso klub matbuot xizmatiga Karvaxal Ispaniya terma jamoasiga qaytishni juda xohlashi, ammo yakuniy qarorni "qizil furiya" bosh murabbiyi qabul qilishini aytdi. Mutaxassis Karvaxalning og'ir jarohatidan forig' bo'lgani va ajoyib formada ekanligidan juda xursand ekanligini takidladi.

"Dani yaxshi o'ynayapti, jamoada o'z so'zi bor. U maydonda yetakchilik qobiliyatini ko'rsatmoqda. Umid qilamanki, u tez orada terma jamoaga qaytadi. Bu u uchun juda muhim", – dedi Alonso.

Eslatib o'tamiz, Dani Karvaxal xochsimon bog'lami uzilishidan to'liq forig' bo'ldi. 33 yoshli himoyachi joriy mavsum La Ligada ikkita o'yinda ham maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com