

Agar London klubining yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso o'z taktik sxemasida markaziy yarim himoyachilarning chuqurroq bog'lamini qo'llashga qaror qilsa, u ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shish variantini ko'rib chiqishi mumkin.
Niko Gonsales 2025 yilda "Portu"dan "Manchester Siti"ga 60 million evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 40 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi. Transfermarkt portali ispaniyalikning narxini 45 million evroga baholamoqda.



