Daniya terma jamoasi shifokori Eriksenning holati bo'yicha bayonot berdi

8 iyun 2026, 08:25
Daniya terma jamoasi shifokori Morten Boesen milliy jamoa yarim himoyachisi Kristian Eriksenning sog'lig'i borasida bayonot berdi.

Futbolchi Daniya va Ukraina terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida hushini yo'qotgan edi. Ushbu hodisadan so'ng o'yin 75-daqiqada to'xtatildi.

"Kristian o'zini yaxshi his qilmoqda va maydonni o'zi tark etdi. Mening fikrimcha, kardiostimulyator kerak bo'lganidek ishladi. U bir lahzaga hushini yo'qotdi, lekin juda tez o'ziga keldi va biz u bilan darhol aloqa o'rnatdik.

Endi u hodisa sabablarini aniqlash uchun shifoxonada keyingi tekshiruvlardan o'tadi. Biz u va shifoxona shifokorlari bilan doimiy aloqada bo'lib turibmiz.

Kristianning ahvoli yaxshi, u mendan barcha futbolchilarga salom yo'llashni va hammasi joyida ekanligini aytishni so'radi", - deya Boesenning so'zlarini keltirdi Daniya terma jamoasi matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com