"Volfsburg" "Bavariya" bilan Luis Gustavo borasida kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
7 avg 2013, 11:04
"Bavariya" yarim himoyachisi Luis Gustavo yozda "Volfsburg"ga ko'chib o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda nemis OAV.
"Bavariya" rahbariyati "bo'rilar" bilan muzokara boshlashga tayyorlar. Bu haqda Karl-Xaync Rummenigge xabar berdi.

"Agar "Volfsburg" futbolchi bilan kelisha olsa, biz muzokara boshlashga tayyormiz", - deydi Rummenigge.

"Volfsburg" Braziliya terma jamoasi a'zosiga yiliga 7 million evro maosh bermoqchi. Transfer esa 20 million evroga amalga oshishi mumkin.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com