Vinisius uchun 7 klub kurashmoqda: "Manchester Yunayted" va "Liverpul" davogarlar qatorida

Sherzod Nurmatov
6 apr 2026, 18:20
"Real" bu yozda o'zining yulduzi Vinisius Junior bilan xayrlashishni ko'rib chiqishi mumkin.

"TEAMtalk" xabariga ko'ra, vositachilar allaqachon Vinisiusning yozgi transferi bo'yicha 5 ta Premer-liga klubi - "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Arsenal", "Manchester Siti" va "Chelsi", shuningdek, PSJ va "Bavariya" bilan bog'langan.

25 yoshli braziliyalik futbolchi bilan bog'liq vaziyat 18 oydan ortiq davom etayotgan uzoq muddatli shartnoma muzokaralari tufayli keskinlashdi. Vinisius Kilian Mbappenikiga o'xshash maoshni - haftasiga 500 000 funt sterlingdan ortiq pulni talab qilmoqda.

"Qirollik klubi" o'zining so'nggi taklifini berdi va futbolchining atrofidagilarni boshqa hech qanday qo'shimchalar bo'lmasligi haqida ogohlantirdi. Prezident Florentino Peres 2027 yilda uni bepul yo'qotishni istamaydi, shuning uchun agar kelishuv yaqin orada yakunlanmasa, "Real" futbolchini ushbu transfer oynasida sotuvga qo'yadi.

Takidlash joizki, braziliyalik vinger joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 44 o'yinda qatnashib, 17 ta gol urgan va 13 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk