"Vilyarreal" yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qildi

Nozimov Nig'monxo'ja
14 noya 2023
"Vilyarreal" o'ziga yangi bosh murabbiy topdi.

"Sariq suvosti kemasi" Marselino Garsiya Toral bilan shartnoma imzoladi. 58 yoshli mutaxassis jamoa bilan 2026 yilning yoziga qadar bo'lgan mo'ljallangan shartnomani imzoladi. 

Marselino ispan klubi uchun begona emas. U 2013-2016 yillar oralig'ida "Vilyarreal"ning bosh murabbiyi bo'lgan. 

"Vilyarreal" ayni vaqtda La Ligada 12-turdan so'ng 14-pog'onada ketmoqda.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com