"Vilyarreal" va "Sampdoriya" Kutronega qiziqmoqda

Alisher
26 iyul 2021
"Vulverxempton" hujumchisi Patrik Kutrone yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.

O'yinchiga italiyalik forvard bo'yicha ma'lumot so'ragan "Sampdoriya" va "Vilyarreal" klublari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum La Ligada 7-o'rinni qo'lga kiritgan "Vilyarreal" Yevropa Ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi.

Kutrone esa o'tgan mavsum "Fiorentina" va "Valensiya" klublarida harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira