Vilyarreal to'purari Xitoy klubiga 40 mln evro evaziga ko'chib o'tadi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2018
Vilyarreal klubi hujumchisi Sedrik Bakambu yaqin orada Beyjin Goanga ko'chib o'tadi.

Klublar transfer borasida kelishuvga erishishgan. Oldinroq Xitoy klubi futbolchi uchun 40 million evro taklif qilgandi.

Ko'plab klublar unga qiziqishgandi. Tovon pulini to'lay oladigan klub paydo bo'ldi. Bunday vaziyatda siz hech nima qila olmaysiz, – deydi Vilyarreal bosh murabbiyi Xaver Kalexa.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com