"Vilyareal" futbolchisi 3 yil deganda safga qaytdi

Mirjalol Normatov
11 may 2020, 22:42
"Vilyareal" sardori Bruno Soriano 3 yil jarohatlar bilan kurashib, safga qaytdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. "Vilyareal" futbolchilari karantindan chiqqanidan keyin Sorianoga murabbiylar istaganicha mashg'ulot qilishi borasida ruxsat berishdi.

35 yoshli Soriano 2006 yildan buyon "Vilyarreal" tarkibida o'ynamoqda. Shu vaqtdan beri u jamoa tarkibida 400dan oshiq uchrashuvda qatnashdi.

Futbolchi 2017 yili belidan olgan jarohati sababli lazaretga tushgandi. Keyinchalik uning tizzaosti sohasi ham operaciya qilindi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: villarrealcf.es