Viktor Osimxen: "Faoliyatimdagi keyingi qadam qaysi shahar tomon bo'lishi aniq"

Omonjon To`xtamirzayev
28 yanv 2024
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen mavsum yakunlangach, boshqa klubga o'tishini ma'lum qildi.

"Faoliyatimdagi keyingi qadam qaysi shahar tomon bo'lishini bilaman. Biroq hozir bu haqida hech nima aytmoqchi emasman. Bor e'tiborimni "Napoli" bilan mavsumni zo'r yakunlashga qaratganman va buning uchun bor kuchimni ishga solaman. Keyin dam olishga borib kelsam, qarorimni e'lon qilsam ham bo'laveradi", - dedi Viktor Osimxen.

To'g'ri, u hali konkret klub nomini aytganicha yo'q, ammo shu gaplarning o'zi bu mavsum Osimxen uchun "Napoli"dagi oxirgisi bo'lishiga ishora qilmoqda. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: footmercato.net