Viktor Kumikov: "Faqat birinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqdim"

Оқил Абдубарноев
22 avg 2022, 20:06
O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Andijon" - "Turon" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqdim. Ikkinchi bo'limda vaziyat o'zgarib ketdi. Ochig'i, yigitlarga nima bo'lganini ham tushunmay qoldim. Oldida Superliga yo'llanmasi vazifasi turgan jamoaga bunday o'ynash yarashmaydi.

- Birinchi bo'limdan ikkinchi bo'limning farqi qilishini qanday izohlaysiz?

- Tanaffus jamoamizga salbiy ta’sir ko'rsatdi. Bu menimcha ruhiyat bilan bog'liq. Yigitlar ikkinchi bo'limda xotirjamlikka berilishdi.

- Bugungi o'yindan qoniqish hosil qildingizmi?

- Men faqat birinchi bo'limdan qoniqdim. Birinchi bo'limda hammasi yaxshi chiqdi, yigitlar hujumlar va standart vaziyatlarda a'lo darajada harakat qilishdi.

- Kubok uchrashuvlaridagi maqsad qanday?

- Bugun navbatdagi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Qur'a natijasiga qaraymiz. Bizda maqsad har doim oldinga intilish, har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia