

Terma jamoa murabbiylar shtabi a'zosi Viktor Jalilov Suriyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini qisqacha bildirib o'tdi.
“So'nggi saralash bosqichining ikkinchi davrasi ostonasida turibmiz. Birinchi davrada raqiblar bir-birini yaxshi o'rgandi. Shundan kelib chiqqan holda har bir jamoa o'z strategiyasini ishlab chiqqan”, – dedi Viktor Jalilov.
Viktor Jalilov Malayziyadagi issiq ob-havo o'yin natijasiga ta’sir qilish-qilmasligi haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.
“Albatta, issiq va nam ob-havo o'yinga o'z ta’sirini o'tkazmasdan qo'ymaydi. Hozir O'zbekistonda havo bu darajada issiq emas. Shuning uchun bu erdagi iqlimga ko'nikishga harakat qildik”, – dedi tajribali mutaxassis.



