Vidich: "Pogbaning muammosi shundaki, futbol bozori aqldan ozgan"

Aslanov Jasurbek
26 mar 2017, 19:14
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Nemanya Vidich mankunianlar yarim himoyachisi Pol Pogbaning joriy mavsumdagi o'yiniga baho berdi.

"Ko'p narsa odamlar undan nima kutayotganiga bog'liq. Muammo shundaki, futbol bozori aqldan ozgan: Siz muhtoj bo'lgan futbolchini xarid qilish uchun juda katta pul to'lash kerak. Bu bosimning ortishiga sabab bo'ladi. Pol - ajoyib futbolchi, biroq u har mavsum 25 ta gol uradiganlardan emas. U butun maydon bo'ylab harakatlanib, o'yinga ta’sir o'tkazadi.

Unga qiyin deb o'ylayman, chunki odamlar undan boshqa narsalarni kutishyapti. Pogba joriy mavsumda o'zini yaxshi ko'rsatdi deb o'ylayman" - deydi Vidich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: NBC