Vest Xem va Kristal Pelasga van Persini taklif qilishdi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2016, 10:30
Fenerbaxche hujumchisi Robin van Persi Angliyaga qaytishi mumkin.

32 yoshli gollandiyalik futbolchi Vest Xem va Kristal Pelas klublariga taklif qilindi. Transferga faqat futbolchining juda katta maosh olishi xalal berishi mumkin xolos.

Oldinroq Fenerbaxche van Persini transferga qo'ygani haqida xabar chiqqandi.

O'tgan mavsumda hujumchi Turkiya chempionatida 31ta o'yinda 16ta gol urgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk