Kantedan keyingi shov-shuvli qadam: "Fenerbaxche" yulduz forvardni nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
5 fev 2026
"Fenerbaxche" transfer bozorida N'Golo Kanteni tarkibga qo'shib olganidan keyin ham suratni pasaytirmadi va hujum chizig'ini faol ravishda kuchaytirishda davom etmoqda.

Turkiya grandi urugvaylik hujumchi Darvin Nunes bo'yicha "Al Hilol" klubiga rasmiy taklif yo'lladi.

Gap 26 yoshli hujumchini 6 oyga ijaraga olish haqida ketmoqda. Jurnalist Serkan Hamzao'g'li ma'lumotlariga ko'ra, Istanbul klubi rahbariyati muzokaralarni tezkor yakunlab, kelishuvni yaqin vaqt ichida rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.


Nunes ushbu mavsum klub darajasida 22 o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo'ldi hamda jamoasining asosiy futbolchilaridan biri bo'lib qolmoqda.

Agar "Al Hilol" bilan kelishuvga erishib bo'lmasa, "Fenerbaxche" muqobil ssenariyga o'tishga tayyor - klub short-listida Italiyaning "Roma" jamoasi hujumchisi Artyom Dovbik ham bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror