"Vest Xem" Ukraina terma jamoasi darvozabonini xarid qilish niyatida

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2021
Londonning "Vest Xem" klubi "Dinamo" Kiev va Ukraina termasi posboni Georgiy Bushanga qiziqmoqda.

Manbaning keltirishicha, Angliya klubi rahbariyati kievliklar bilan muzokaraga kirishdi. 

Bushan "Vest Xem" safida asosiy darvozabon Lukash Fabianski bilan raqobatlashadi. Ammo ukrainalikni sotib olish qiyin kechadi, chunki "Dinamo" prezidenti Igor Surkis uni 15 million evroga baholagan.

27 yoshli Bushan o'tgan mavsumda 35 o'yinda ishtirok etib, 27 ta gol o'tkazib yuborgan. Uning "Dinamo" bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard