"Vest Xem" "Renn" futbolchisini 30 million funt evaziga xarid qildi

Alisher
20 iyun 2022
"Vest Xem" "Renn" himoyachisi Naif Aguerdning transferini e'lon qildi.

Bu haqda londonliklar matbuot xizmati xabar berdi. Futbolchi bilan shartnoma 5 yilga mo'ljallangan.

26 yoshli marokashlik klubga 30 million funt sterlingga tushdi. O'yinchi 27-raqam ostida harakat qiladi.

Aguerd o'tgan mavsum 40ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 12 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: whufc.com