"Vest Xem" PSJ posboni bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022
PSJ darvozaboni Alfons Areola "Vest Xem" bilan to'laqonli shartnoma imzolashga yaqin.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, London klubi PSJ bilan 29 yoshli darvozabonning transferi borasida kelishib olishgan. Shartnoma 5 yilga mo'ljallangan. Yaqin vaqtlar ichida transfer amalga oshiriladi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Areola ijara asosida londonliklar tarkibida harakat qilgan va 18 o'yinda maydonga tushgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports