"Vest Xem" MYUning ikki futbolchisi bilan muzokara olib bormoqda

Alisher
26 iyul 2023
"Vest Xem" “Manchester Yunayted” futbolchilari Xarri Maguayr va Skott Maktominey bilan shartnoma imzolamoqchi.

 Londonliklar allaqachon futbolchilarning transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. "Vest Xem" Maguayrni sotib olishga tayyor faqatgina futbolchi maoshini kamaytirishga rozi bo'lsa. Shuningdek, londonliklar Maktomineyni “Arsenal”ga o'tib ketgan Deklan Raysning o'rniga olib kelishni reja qilishgan. 

Avvalroq, MYU har ikki futbolchi jamoa uchun kerakligini, biroq yaxshi takliflar bo'lsa, ularn ko'rib chiqishga tayyorligini ma'lum qilgan.


AlisherMuallif
Manba: fapl.ru