Veratti “PSJ” bilan shartnomani 2018 yilga qadar uzaytirdi

20 avg 2013, 15:58
“PSJ” klubi yarim himoyachisi Marko Veratti, klub bilan yangi shartnoma tuzdi.

Italiyalik yarim himoyachining agenti Donato Di Kampli takidlashicha, uning mijozi klub bilan 2018 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

Eslatib o'tamiz, 20-yoshli futbolchi o'tgan yili “Peskara”dan Fransiyaga  12 mln evro evaziga o'tgan edi.

Ushbu mavsumda unga “Napoli”, “Fiorentina” va “Yuventus” klublari davogarlik qilishgan edi.


Manba: sports.ru