Vengriya TJ a'zosi “Chelsi”ga o'tishi aniq bo'ldi

Eldor Akmurzayev
7 dek 2021
Vengriya termasi ustozi Marko Rossi “Fenerbahche” himoyachisi Attila Salaining “Chelsi”ga o'tishini oshkor qildi.

“Termadan kimnidir ajratib ko'rsatishim qiyin, ammo hozir menga Attila Salai juda yoqmoqda. U “Fenerbahche”da o'ynaydi, lekin “Chelsi”ga yo'l olmoqda

Ispan grandlari unga alohida qiziqish bildirgandi, ammo uning “Chelsi”ga transferi allaqachon hal qilib bo'lingan. Biroq, u Italiyada o'zini ko'rsatishi ham mumkin edi”, deydi Rossi.

Ma'lumotlarga ko'ra, “ko'klar” 23 yoshli vengriyalikning xaridi uchun 20 mln funt sarflaydi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal