Varan - Ronaldu haqida: "G'oliblik borasidagi eng yaxshi namuna"

Mirjalol Normatov
19 sen 2021, 16:36
"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan "Real"da 7 mavsum birga o'ynagan va hozirgi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"Krishtianu - etika va g'oliblik mentaliteti borasidagi eng yaxshi namuna. Men shunday hisoblayman.

Uning yonidagi har bir futbolchi kundan kunga o'sib, rivojlanadi. U yuqori darajada mehnat qilayotgani uchun hali ham shunday darajada o'ynamoqda. U bilan birga bir jamoada ekanligimdan xursandman", - dedi Varan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal