VAR tizimi 2024/25 yilgi mavsumda OFKning barcha klub musobaqalarida joriy etiladi

Sherzod Nurmatov
28 may 2024
Osiyo klublari futboli yangi davrga qadam qo'yishga tayyorlanmoqda.

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) o'zining yangilangan uchta musobaqasida, shuningdek, Osiyo ayollar Chempionlar Ligasida Videoyordamchi hakam (VAR) tizimini joriy etish orqali hakamlikning eng yuqori standartlarini saqlab qolmoqchi.

Yangi joriy etilgan OFK Elit Chempionlar Ligasi maqomiga ko'ra, qitaning eng yaxshi 24 jamoasi shon-sharaf uchun kurash olib boradi, shu yilning sentyabr oyida boshlanadigan Liga bosqichida VAR tizimidan foydalaniladi.

Oktyabr oyida boshlanadigan OFK ayollar Chempionlar Ligasining yarim finallari va finalda VAR tizimi ishlatiladi. Bu Konfederatsiyaning qitada ayollar futbolini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishga e'tibor qaratayotganini anglatadi.

Shu bilan birga, OFK Ikkinchi Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlaridagi hakamlar uchun VAR yordami pley-off bosqichidan boshlab mavjud bo'ladi. 32 ta jamoa ishtirok etadigan musobaqa sentyabr oyida boshlanadi.

20 ta jamoadan iborat OFK Chaqiruv Ligasida ushbu texnologiya 2025 yilning may oyida bo'lib o'tadigan final bosqichida qo'llanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: the-afc.com