

Biroq Angliyada bu yo'nalishda yanada oldinga qadam qo'yilib, yangi tashabbuslar ham ko'rib chiqilmoqda.
"The Telegraph"ning xabar berishicha, Angliya futbol associaciyasi FIFA ko'rib chiqayotgan, ammo o'z nyuanslariga ega bo'lgan "chellenjlar" tizimini joriy etmoqchi. Ofsayd kabi obektiv qarorlarni qayta ko'rib chiqish esa VAR tizimi ixtiyorida qoladi.
Biroq fol yoki qo'l bilan o'ynash kabi subektiv qarorlar bo'yicha qayta ko'rib chiqish murabbiyning apellyaciyasi orqali amalga oshiriladi. Har bir o'yinda murabbiyda ikki marta "chellenj" qilish huquqi bo'ladi. Agar videotakror murabbiyning davosi noto'g'ri ekanini ko'rsatsa, unda "chellenj"dan biri yo'qqa chiqadi.
Bu tizim qachon va qayerda sinovdan o'tkazilishi hozircha noma'lum. Biroq FA rejasi to'laqonli VAR ishlashini talab qiladi, shuning uchun past ligalarda uni baholab ko'rishning iloji yo'q.



