Van Deyk Kampush va Al-Helayfi oldida "Bro, bu Liga 1 emas" degan so'zlari uchun uzr so'radi va PSJ uch yil ichidagi eng kuchli raqib ekanini aytdi

Omonjon To`xtamirzayev
13 mar 2025
Virjil van Deyk PSJ rahbariyatidan uzr so'radi.

Parijliklar va "Liverpul" o'rtasidagi birinchi o'yin tanaffusida Luish Kampush hakamlar bilan Ibrohim Konate olishi kerak bo'lgan qizil kartochka mavzusida qizg'in muloqot qildi. "Qizillar" himoyachisi PSJning sport masalalari bo'yicha maslahatchisiga "Bro, bu Liga 1 emas" dedi.

Ikkinchi o'yindan so'ng van Deyk Kampush va francuz klubi prezidenti Nosir Al-Helayfi bilan suhbatlashdi. Niderlandiyalik futbolchi o'tgan haftada aytgan gapi uchun uzr so'ragan. Shuningdek, u PSJ so'nggi uch yil ichida u o'ynagan eng yaxshi jamoa ekanligini aytdi.

Qayd etilishicha, parijliklar rahbariyati van Deykning bunday harakatlarini yuqori baholagan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com