

Yakshanba kuni Niderlandiya terma jamoasi JCH-2026 saralashida Finlyandiyani 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Marko van Basten ushbu o'yin haqida fikr bildirar ekan, Virjil van Deykda yetakchilik xislatlari etishmasligi haqida gapirdi.
"Menimcha, van Deyk yetakchi bo'lishi kerak. U namuna ko'rsatishi va harakatlantiruvchi kuch bo'lishi lozim. Men unda buni ko'rmayapman. Uning xarakteri menga yumshoq tuyuladi.
U ajoyib o'yinchi, ehtimol dunyoning eng yaxshi himoyachisi. U boshi bilan o'ynay oladi, tez, baland bo'yli va maydonni yaxshi ko'radi. Ammo u jamoani ortidan ergashtiradigan yetakchi emas... va bu aslida jamoaga foyda keltirgan bo'lardi. Umid qilamanki, Arne Slot unga biror narsa o'rgata oladi," - dedi Niderlandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ziggo Sport efirida.



