

Yarim himoyachi "Real"ning Chempionlar Ligasi 1/8 finalidagi o'yini uchun qaydnomadan o'rin oldi. Oldinroq urugvaylik futbolchi mushaklaridagi noqulaylik tufayli Ispaniya kubogi doirasida "Real Sosedad" (1:0) va La Liga doirasida "Betis" (1:2) bilan o'yinni o'tkazib yuborgandi - Valverde bir oydan ortiq vaqtdan beri son mushaklarida muammolarga duch kelayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Valverde bugungi derbini asosiy tarkibda boshlaydimi yoki yo'q, hozircha noma'lum, sababi futbolchi hali to'liq tiklanib ulgurmagan.



