Valijon Shamsiev bugun Andijonga keladi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2014
Ma'lumki bugun mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida navbatdagi oliy liga o'yinlariga start beriladi.
Tabiiyki ochilish uchrashuvidan oldin estrada yulduzlari o'zlarining diltortar qo'shiqlari bilan stadionga kelganlarga xush kayfiyat ulashishga harakat qiladi. Aytishlaricha bugun Andijon shahridagi "Sog'lom avlod" stadionida "Andijon" - "Paxtakor" o'yini oldidan koncert bo'lib o'tadi. Unda Valijon Shamsiev ham ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, mazkur o'yin soat 16:00 da boshlanadi. Undan oldin esa koncert bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia