Ravshan Ermatov Falastin - Avstraliya uchrashuvida darvoza ortida ishlaydi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2019
Ertaga 11 yanvar kuni Dubay shahridagi "Rashid Stadium" o'yingohida "B" guruhidan o'rin olgan Falastin va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Mazkur o'yinni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Darvoza ortida Ravshan Ermatov va Ilgiz Tantashevlar ishlashadi.

Avvalroq, OFK Osiyo Kubogi musobaqasiga taklif qilingan barcha hakamlar turli vazifalarda ishlashini e'lon qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ufa.uz