

22 yoshli himoyachi "shaharliklar"ning transfer maqsadlaridan biri bo'lib turibdi. The Times xabariga ko'ra, "Siti" u uchun 65 million funt taklif qilishga tayyor.
"Nyukasl" Livramentoni qo'yib yuborishni xohlamaydi va uni jamoaning eng ko'p maosh oladigan o'yinchilaridan biriga aylantirib, 6 yillik yangi shartnoma taklif qilish niyatida.
Livramento o'tgan mavsum APLda 37 o'yin o'tkazdi.



