"Valensiya"da 4 yilda ilk bor 17 turdan so'ng 16 ochko. Klub La Ligada 17-o'rinda bormoqda

Alisher
5 yanv 2021
"Valensiya" Ispaniya chempionati doirasidagi "Kadis" (1:1)ga qarshi o'yinda durang o'ynadi.

Levantiyaliklar 2016/17 yilgi mavsumdan so'ng ilk bor La Ligada 17 turdan so'ng 16 ochko jamg'arishdi. Klub 1932/33 yilgi mavsumning shu qismida ham shuncha ochko to'plagan edi.

"Valensiya"ning antirekordi 1982 yilda o'rnatilgan - 17 turdan so'ng 12 ochko.

Shunisi e'tiborliki, levantiyaliklar uchchala holatda ham Segundaga tushib ketishdan saqlanib qolishgan.

Klub joriy mavsum Ispaniya chempionatida 17-o'rinni egallab turibdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OptaJose