Valensiya Zaza borasida Yuventus bilan kelisha olmayapti

Aziz Tukhtamuradov
30 dek 2016, 21:14
Valensiya Simone Zazaning transferi borasida Yuventus bilan bir to'xtamga kela olmayapti.

Ayni paytda "Vest Xem"da ijara asosida o'ynayotgan italiyalik futbolchi Angliyada o'zini ko'rsata olmayapti va yanvar oyida katta ehtimol bilan jamoadan ketadi.

"Valensiya" esa vaziyatdan foydalangan holda hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Biroq, "ko'rshapalaklar" bu borada turinliklar bilan aniq kelishuvga erishganlari yo'q.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru