"Valensiya" sobiq prezidenti Pako Roch rezonans keltirib chiqaruvchi intervyu berdi. Bu "Real" muxlislariga yoqmasligi aniq

Sherzod Nurmatov
25 sen 2024, 17:49
1994 yildan 1997 yilgacha "ko'rshapalaklar" prezidenti lavozimida ishlagan Pako Roch "Real" haqidagi bir qator mavzularda keskin fikrlar bildirdi.

Zamonaviy "Real" haqida:

"Madrid" jonimga tekkan: ular yaxshi o'ynaydi va g'alaba qozonadi, yomon o'ynaydi va yana g'alabaga erishadi. Fikrimcha, ular odam-podammas.


"Real" selekciyasi haqida:

Hozirgi "Real"ni "Qirollik muhojiri" deb atayman: ularda sakkiz nafar qora tanli futbolchi, ikki nafar or tanli xorijlik va faqat bir nafar ispaniyalik – Karvaxal bor.


Vinisius haqida:

Vinisius jamiyatni provokaciya qilishga undaydi. U qora tanli bo'lgani uchun emas, qilmishi uchun taqib qilinadi.


Hakamlar bilan ishlash haqida:

"Barselona" hakamlar bilan ishlaydigan sharmandali klub ekanligini butun Ispaniya biladi.

"Real" ham ortda qolmaydi: "Madrid" futbolchisiga qizil kartochka beriladi, keyin esa bekor qilinadi, chunki Florentino hammasini yomon qilishi mumkin.


Qadrli o'quvchilar, sizningcha, Pakoning fikrlari qanchalik asosli?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo