"Valensiya" gruziyalik posbonni sotib oldi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2021, 16:40
"Valensiya" matbuot xizmati darvozabon Georgiy Mamardashvilini Tbilisining "Dinamo"sidan sotib olinganligini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, ikki yarim yilga mo'ljallangan shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoni bo'ladi. "Valensiya" ushbu transfer uchun 850 ming evro to'lagan va posbonning tovon pulini 20 million evro qilib belgilagan.

"Dinamo" posbonning keyingi transferidan 10 foiz mablag' ishlab oladi.

Ushbu mavsumda Mamardashvili LaLiganing 6 o'yinida ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal