“Valensiya” Gonsalu Gedeshni saqlab qolishga harakat qiladi

7 mar 2018, 23:20
“Ko'rshapalaklar” PSJdan ijaraga olingan Gedeshni klubda saqlab qolmoqchi, ammo...


“Valensiya”ning iqtisodiy imkoniyatlari Gedesh transferini to'liqligicha sotib olishga to'sqinlik qiladi. Gonsaluning ijara shartnomasi mavsum so'ngida nihoyasiga etadi.

“Valensiya” agar Gedesh PSJning kelajakdagi rejalariga kirmasa, u bilan ijara shartnomasini uzaytirishga harakat qiladi.

Avvalroq PSJ Gedeshni 40 mln evroga sotishga tayyorligi ma'lum qilingan edi.


Manba: Marca.com