"Valensiya" darvozaboni 2015 yilda "Yuventus"ga o'tganidan afsusda

Aslanov Jasurbek
17 noya 2017
"Valensiya" darvozaboni Norberto Neto "Fiorentina"dan "Yuventus"ga o'tish qarorini qabul qilganidan afsusda.

Braziliyalik 2015 yilda Turin klubiga o'tgan, biroq juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchi, joriy yilning yozida "Valensiya"ga o'tdi.

"Bu men uchun ikki muhim yil bo'ldi. Vaziyatdan norozi edim, chunki deyarli o'ynamasdim. Har qanday futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'lishni, qolganlar bilan raqobat qilishni istaydi. Jamoaning ishonchini his qilmadim, intilish xohishini yo'qotdim, shu sababli jamoani tark etdim.

Buffon kiyinish xonasida har birimiz uchun namuna, uning o'rnini egallab olishni istamadim, biroq kuchimni ko'rsatish uchun hamma narsa qildim. "Fiorentina" doimo qalbimda qoladi. Agar Florenciya klubida qolganimda, hammasi boshqacha bo'larmidi, ammo o'zimni professional deb hisoblayman" - deydi darvozabon.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fox Sports