"Valensiya" bosh murabbiyi: "Juda og'ir kun"

Mirjalol Normatov
23 yanv 2022
"Valensiya" bosh murabbiyi Xose Bordalas LaLiganing 23-turi doirasida "Atletiko" maydonida uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

La Liga. "Atletiko" "Valensiya"ga qarshi o'yinda dahshatli kambek qayd etdi

"Og'ir kun. Birinchi bo'limni ajoyib o'tkazgandik. Ikkita gol urdik, "Atletiko" umuman hujum qila olmadi. raqibdan kuchli edik. Keyin ular o'zgarishlarga qo'l urdi va farqni qisqartirdi. Shunda ham vaziyatni nazorat qilayotgandik.

Bir haftada ko'plab o'yinlar o'tkazgan futbolchilarimiz bor. Biz ham o'zgarishlar qilishimiz va o'yinchilarga yordam berishimiz kerak edi. Biroq tajribasizlikka yo'l qo'ydik. Ular hali uzoq yo'lni bosib o'tishi kerak", - dedi Bordalas.

VIDEO  LaLiga. "Atletiko Madrid" - "Valensiya" 3:2


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal