

Bu haqda "Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev saytimizga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Vadim Abramov kelasi mavsumda ham "Bunyodkor"dagi ishini davom ettiradi. Bu borada kelishuvga erishildi. Yani, klub va terma jamoadagi ish parallel ravishda davom ettiriladi", - deya ta'kidladi Ulug'bek Mirzaev.
Video Vadim Abramov: "Bunyodkor"da qolishni va OCHLga yo'llanma olishni istayman"
Shuningdek, Vadim Abramov "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida klubdagi faoliyatini davom ettirmoqchi ekanligi va bu har taraflama foydali bo'lishini aytgandi.
"O'tgan gal terma jamoa ruliga kelgach o'z xohishim bilan "Lokomotiv"dan ketishni afzal bilgandim. Chunki o'sha payt uchun bu foydaliroq bo'lishini his qilgandim. Hozirgi kunda esa klubdagi ishimni ham davom ettirishim ko'proq foyda beradi. Chunki terma jamoa faqatgina "Paxtakor" jamoasidan iborat bo'lib qolmasligi kerak. Raqobat lozim. Ikkala joyda ishlash menga noqulaylik tug'dirayotgani yo'q", - dedi Abramov.


