Vacke: "Real"ning Xolandga qiziqishi tasdiqlandi. Ispaniya chempionati unga Angliyanikidan ko'proq mos tushadi"

Alisher
19 dek 2021, 15:00
"Borussiya" direktorlar kengashi raisi Xans-Yoaxim Vatcke Dortmund jamoasi hujumchisi Erling Xolandga Yevropa top-klublarining qiziqishi haqida gapirdi.

"Barcha Yevropaning top-klublari Erling bilan shartnoma imzolashni xohlayotganini bilaman. "Real"ning Xolandga qiziqishi tasdiqlandi. Ispan chempionati unga Angliyanikidan ko'proq mos tushadi. Unga qiziquvchi yana 25ta klub nomini aytishim mumkin. Ammo, umumiy olganda, "Borussiya" uning qolishiga umid qiladi", - deydi Patcke.

21 yoshli norvegiyalik futbolchi joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Uning Dortmund klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/berger_pj