

Evro-2016 chorak final bahsidan o'rin olgan Italiya – Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinning translyatsiyasi so'nggi daqiqalarda uzilib qolgani borasida Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, bunday texnik nosozlik faqatgina UzDIGITAL TV platformasi traktida kuzatilgan.
Suniy yo'ldosh va IPTV platformasi orqali UzReport TV telekanalini tomosha qilyotgan abonentlarda bu kabi texnik nosozliklar ro'y bermagan.
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz. Hozirda bu texnik nosozlikning sabablari o'rganilmoqda hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanishini oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar ko'rilmoqda.



