"Uxan" Ispaniyadan uyga qaytadigan bo'ldi

Alisher
13 mar 2020
Xitoyning "Uxan Chjoer" klubi Ispaniyadagi mavsum oldi yig'inini yakunlaydi.

Jamoa Xitoyning aynan Uxan hududida koronavirus avjiga chiqqanligi sababli ortga qaytib keta olmayotgan edi. Klub tez orada yana Uxanga qaytadi.

Yevropada koronavirus avj olayotgan bir paytda, Xitoyda kasallikka chalinishning yuqori cho'qqisidan o'tildi.

Eslatib o'tamiz, ko'plab chempionatlar kabi Xitoy chempionati o'yinlari ham ancha oldin to'xtatilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: getfootballnewsfrance.com