Portugaliya terma jamoasi o'yinchisi Uxan klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
20 fev 2020
"Sevilya" himoyachi Daniel Karrisuning Xitoy klubiga o'tganini e'lon qildi.

Portugaliyalik futbolchi Xitoyning "Uxan Zall" bilan kelishuvga erishdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Sevilya" tarkibida 2013 yildan beri o'ynab kelayotgan edi va klub bilan uch bor Yevropa ligasida zafar quchgan.

U Xitoyda bir mavsumda 4 million evro maosh oladi.

31 yoshli Karrisu joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushdi. Himoya 2015 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Uxan Zall" klubi o'z uy uchrashuvlarini Uxanning Xubey provinciyasida joylashgan stadionda o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: sevillafc.es