Koronavirus sababli "Krasnodar"ning Xitoy jamoasiga qarshi o'yini bekor qilindi

Mirjalol Normatov
27 yanv 2020
Rossiyaning "Krasnodar" klubining Xitoyning "Uxan Chjoer" jamosiga qarshi sinov-nazorat o'yini bekor qilindi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, ushbu bahs 10 fevral kuni Ispaniyaning Marbelya shahrida bo'lib o'tishi kerak edi. Bahs o'tkazilmasligiga sabab sifatida koronavirus keltirilgan.

Uxan shahri ayni damda koronavirus o'chog'i deb aytilmoqda. Qayd etilishicha, ushbu shaharda 2,8 ming inson kasallangan bo'lishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: krasnodar.ru