Uolker: "MYU muxlislari "Siti" chempion bo'lishini istashmoqda"

Aslanov Jasurbek
23 apr 2019
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uolker "Manchester Yunayted" muxlislarining APLdagi chempionlik poygasiga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.

"Yunayted" muxlislari noodatiy vaziyatga tushib qolishdi. Uydan ish bilan chiqsam, MYU ishqibozlari yonimga kelib, shunday deyishadi: "Liverpul"dan ko'ra "Siti" chempion bo'la qolsin".

Bunday narsalarni eshitish g'alati, ammo "Yunayted" futbolchilari bizga "Marhamat, gol uring!" deyishmaydi. Ular bor kuchini ishga solishadi, chunki MYU Chempionlar ligasi uchun kurashmoqda" - deydi Uolker.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com