"Union" himoyachisi "Real" bilan "Bernabeu"dagi o'yin haqida: "Biz shunchaki stadionni ko'rib qaytmaymiz"

Sherzod Nurmatov
17 sen 2023
"Union" Berlin himoyachisi Robin Gosens Chempionlar Ligasi doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz tomoshabin sifatida shunchaki stadionni tomosha qilib, qaytmoqchi emasmiz. Stadion atrofidagi narsalardan hayratda qolmaymiz, buni o'yindan keyin qilishimiz mumkin. Biz jang qilishni maqsad qilganmiz", – dedi Gosens.

"Union" Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turida "Real"ga qarshi safarda o'ynaydi. O'yin 20 sentyabr, chorshanba kuni 21:45 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca