Umid Ahmadjonov: "Terma jamoaning yangi murabbiyini ko'rgach, xalqimiz albatta xursand bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2018, 12:22
O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov O'zbekiston terma jamoasining yangi murabbiyi haqida gapirdi.


"Milliy terma jamoamiz uchun xorijdan keladigan murabbiy deyarli tayyor. U Osiyo futbolini yaxshi tushunadigan, ishlagan terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan tajribali mutaxassis. Men 6 fevralda Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketaman. U yerda murabbiy bilan shartnoma tuzamiz. Oldindan nimadir aytmay turganim maqul. Ammo o'sha murabbiyni ko'rgach, bundan xalqimiz albatta xursand bo'ladi. U hozirgi kunda terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy sanaladi", - deydi O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusi chog'ida.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia