Umid Ahmadjonov: "Janubiy Koreya bilan imzolangan memorandum O'zbekistonda futbolni yanada rivojlanishiga xizmat qiladi"

Narzulla Saydullayev
16 noya 2017
O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya Futbol Associaciyasi bilan tuzilgan memorandum haqida o'z fikrlarini bildirdi.

“Janubiy Koreya Futbol Associaciyasi bilan imzolangan memorandum yurtimizda futbolni yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Mazkur memorandum asosida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi xodimlari Janubiy Koreyada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishishlari, marketing, menejment, reklama, futbol maktablari, mashg'ulot o'tkazish jarayonlari kabi ko'plab faoliyatlar bo'yicha malaka oshirishlari mumkin bo'ladi”

- Umid Ahmadjonov.

Seuldagi uchrashuvdan so'ng O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Yaponiya poytaxti Tokio shahriga uchib ketdi. Tokioda 17 noyabr kuni Yaponiya Futbol Associaciyasi Prezidenti bilan uchrashuv o'tkazish rejalashtirilgan.


O'FF Janubiy Koreya Futbol Associaciyasi bilan memorandum imzoladi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com