Qur'adan so'ng "Andijon" klubi sport direktori Ulug'bek Mirzaev championat.asia saytiga fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'zbekiston kubogi bahslarini "Andijon" nimchorak finaldan boshlaydi. O'tish bosqichdagi "Mashal-2" - "G'ijdivon" g'olibiga qarshi o'ynaymiz. Bu o'yinda "Mashal-2"ning imkoniyati yuqoriroq bo'lsa kerak. "Andijon" barcha raqiblarni hurmat qiladi. Bizga qur'ada bitta narsa maqul keldi. Bu bosqichdan o'tsak, biz to'g'ridan-to'g'ri kuchli to'rtlik jamoalariga to'g'ri kelmaymiz. 1/4 bosqichdagina kuchli raqiblar to'qnash kelar ekanmiz. Qancha uzoqroq borsak, bizning jamoaga shuncha yaxshi bo'lar edi" , - deydi Ulug'bek Mirzaev.
- O'zbekiston kubogiga e'tibor chempionatga nisbatan kamroq. Shu bois birinchi bosqich g'olibiga qarshi "Andijon" yoshlarni maydonga tushirishi mumkinmi?
- To'g'ri, "Andijon" chempionatda sovrin uchun kurashmaydi. Shu bois bizga kubok ham, chempionat ham bir xil darajada. 7-8 o'rindan 12-o'ringacha bo'lgan jamoalarni kuzatsak, biz tarkibni saqlab qolamiz degan narsa yo'q. Biz sovrin uchun kurashsak ekan, tarkibni saqlab bor e'tiborni chempionatga qaratamiz desak. Biz ham kubokda uzoqroqqa borishni rejalashtirmoqdamiz. Bizda e'tibor doim bir xil bo'ladi.