Ulug'bek Hoshimov: "Paxtakor"ga qarshi birinchi marta o'ynayotganim yo'q"

Оқил Абдубарноев
12 avg 2025, 11:58
Superliganing 18-turidan joy olgan "Dinamo" – "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Ulug'bek Hoshimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi o'yin qanday taassurot qoldirdi?

- Yaxshi o'yin bo'ldi. G'alaba qozonishimiz mumkin edi, biroq so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. G'alabaga loyiq edik.

- Sobiq jamoaningiz "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushishning qandaydir ta’siri sezildimi?

- "Paxtakor"ga qarshi birinchi marta o'ynayotganim yo'q. Menimcha, to'rtinchisi. Jarohatim tufayli bellashuvni yakuniga etkaza olmay qoldim. Hozir holatim yaxshi. 

- "Dinamo" safardagi bellashuvlarda 3 ochko qo'lga kiritayotganiga qaramay, o'z maydonidagi so'nggi o'yinlarda muhim ochkolarni boy bermoqda. Bu muxlislar oldidagi bosim bilan bog'liq emasmi?

- Yo'q, buning aloqasi yo'q. O'ylashimcha, navbatdagi o'yinlarda yaxshi natijaga erishiladi. 

- "Dinamo" keyingi tur chempionlik uchun yana bir da'vogar – OKMK bilan kuch sinashadi. Jamoa "Paxtakor"ga qarshi qiyin o'yindan so'ng qisqa fursatda navbatdagi kuchli raqibga etarlicha tayyorgarlik ko'ra oladimi?

- Biz faqatgina "Paxtakor"ga qarshi maxsus tayyorgarlik ko'rmaymiz, balki Superliganing har bir ishtirokchisiga qarshi to'laqonli tayyorgarlik bilan maydonga chiqamiz.


INTERVYU VIDEOSI


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia