

Ular orasida "Manchester Siti" futbolchisi Abduqodir Husanov ham bor.
O'zbekistonlik himoyachi Mixavkoning Ukraina terma jamoasidagi sherigi Ilya Zabarniy, shuningdek, Dortmundning "Borussiya" jamoasi a'zosi Niko Shlotterbek bilan bir qatordan joy oldi.
"Menga Shlotterbekning o'yini juda yoqadi. Uni kuzatib boraman, uslubi menga manzur keladi. Albatta, Zabarniyni ham kuzataman, u ham yaxshi. Husanovni ham yaxshi ko'raman, u yosh va haqiqatan yaxshi sifatlarga ega. APLda "Manchester Siti"ga muxlislik qilaman, shuning uchun o'yinlarini kuzatib boraman", – dedi Mixavko "Dinamo" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Avvalroq Abduqodir Husanov Osiyo ramziy terma jamoasidan joy olgan edi.



